Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

HAR DUSHANBA – INVESTITSIYA KUNI

Haftaning har dushanba kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Investitsiya kuni” deb e’lon qilindi. Joriy yilning 30 sentyabrida institutda ushbu kunga bag‘ishlangan ilk tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda barcha fakultetlardan professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi, 50 dan ortiq ishlanmalar namoyish etildi.

           Tadbirda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 15 dan ortiq korxonalardan vakillar ishtirok etdi. Ular tomonidan olimlar hamda iqtidorli talabalarning ilmiy va texnik ishlanmalariga qiziqish bildirildi, shartnomalar tuzish bo‘yicha kelishib olindi.

           Ma’lumot o‘rinda aytib o‘tish joizki, shu yilning 27-28 sentabr kunlari Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti olimlari 20 ga yaqin ishlanma bilan ishtirok etdi. Yig‘ilganlar tomonidan yaxshi va iliq fikrlar bildirildi. Rossiyalik investorlar bilan to‘rt turdagi texnik ishlanmalarni yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzildi.

QarMII matbuot xizmati.