Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

TALABALAR SPORTDA BELLASHDILAR

Yurtboshimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan institutimizda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

            Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalari o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqasi ham ana o‘sha – 5 tashabbus doirasida qilingan ishlarning davomi bo‘ldi. “Jismoniy tarbiya” kafedrasi hamda Talabalar turar joylarining tarbiyachi-pedagoglari hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 100 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi va sportning futbol, voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha bahs olib borishdi.

            Sportning futbol va shaxmat turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda 1-sonli TTJ talabalarining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, voleybol o‘yinlarida 2-sonli TTJ talabalari g‘olib bo‘lishdi.

QarMII matbuot xizmati.