Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

UNVONLAR MUBORAK USTOZLAR!

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi institutning Ma’naviyat va ma’rifat xonasida bo‘lib o‘tdi. Unga Kengash a’zolari va professor-o‘qituvchilar taklif etildi. An’anaga ko‘ra, rektor o‘z so‘zi avvalida, institut ilmiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilgan o‘qituvchilarni ilmiy darajava ilmiy unvonlar olganlari bilan tabrikladi.Olimlarning ilmiy izlanishlari respublikamiz iqtisodiyoti rivojida muhim sanalishi haqida gapirdi, misollar bilan tushuntirdi.


Muhandis-texnika fakultetining “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti Ulug‘murod Jonqobilov “Texnika fanlari doktori” ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchilari Anvar Raxmatullaev (Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha) va Alisher Qurbonov (Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha) dotsent ilmiy unvonlarini qo‘lga kiritishdi.

QarMII matbuot xizmati.