Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTIDA “INVESTITSIYA KUNI”

Joriy yilning 30 sentyabr kuni institutda “INVESTITSIYA KUNI” o‘tkazildi. Tadbirda institutning barcha fakultet va kafedralari hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi va 50 dan ortiq ishlanmalar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi. Tadbirda 15 dan ortiq korxona va tashkilotlar qatnashdi va ko‘plab ishlanmalar bo‘yicha qiziqishlar bildirilib, shartnomalar tuzish bo‘yicha kelishib olindi.
Shuningdek, institutda har haftaning dushanba kuni “INVESTITSIYA KUNI” deb e’lon qilindi.
Shuningdek, 2019 yilning 27 sentyabr kuni Shaxrisabz shahrida o‘tkazilgan halqaro «Investitsiya forumi»da jami institut tomonidan taqdim etilgan ishlanmalarning 10 tasi bo‘yicha murojaat bo‘lib, shundan 4 ta ishlanmaga qiziqish bildirildi hamda xorijlik (Rossiya) investorlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha bitim tuzildi.