Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

NASAFIYNI ZIYORAT QILISHDI…

Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog‘ida joylashgan Abul-Mu’iyn an-Nasafiy qadimiy ziyoratgohlardan sanaladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2017 yil 24-25 fevral kunlari viloyatimizga qilgan tashriflari chog‘ida Abul-Mu’iyn an-Nasafiy maqbarasini obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, bu maskanda kutubxona tashkil etish, buyuk olim asarlarini xalqimizga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar bergan edilar.

O‘tgan vaqt davomida mazkur ziyoratgohda keng ko‘lamli ta’mirlash, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Iqtisodiyot fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” talim yo‘nalishi B-165-19 guruh talabalari  guruh  murabbiysi H.Azimova bilan birgalikda ushbu ziyoratgohda bo‘lishdi. Talabalarga Abul-Mu’iyn an-Nasafiy haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Bilamizki, Abul-Mu’iyn an-Nasafiy kalom ilmining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lib, u Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya ta’limotining dunyoda keng miqyosda tarqalishiga katta hissa qo‘shgan allomalardandir. U kishining “Bahrul-kalom fi ilmil kalom” asari moturidiya maktabining kalom ilmi bo‘yicha asosiy manbalaridan biridir.Bo‘lajak iqtisodchilarga, bugunning yoshlari bir o‘zbek farzandi, Nasafiyning avlodi sifatida faxr tuyg‘usi his qilib yashashlari, ularga munosib bo‘lishga harakat qilishlari haqida aytildi.

QarMII matbuot xizmati.