Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

MAQSAD – HAMKORLIK ALOQALARINI YANADA MUSTAHKAMLASH!

Ayni kunlarda, Belorus davlatining Belorus milliy texnika universitetida “ XVI Европейский автомобильный конгресс–ЕАЕС 2019 ” (“XVI Yevropa avtomobil kongresi – YeAES 2019”) xalqaro Kongresi bo‘lib o‘tayapti. Universitet rektorining taklifiga binoan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Nazirila Maxmudov ham kongresda ishtirok etish uchun Belorusga jo‘nab ketdi.

            Shu o‘rnida aytish joizki, joriy yilning 14 mart sanasida Belorus milliy texnika universiteti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o‘rtasida 2+2 qo‘shma dasturi imzolangan edi. Safardan ko‘zlangan maqsad, kongresda ishtirok etish hamda ikki tomonlama hamkorlik shartnomasini yanada rivojlantirish, qo‘shma dastur bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish, universitetning o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishish.

            2019-2020 o‘quv yilidan boshlab 2+2 qo‘shma dasturi asosida 4 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul amalga oshirilmoqda. Rektorning ta’kidlashicha, safar davomida  Belarus Respublikasining boshqa oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘quv jarayonlariga malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish, hamkorlikda ilmiy tadqiqod ishlarini olib borish va loyihalar ishlashni yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqot maqsadlarida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha ham shartnomalar imzolash nazarda tutilgan.

QarMII matbuot xizmati.