Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

OGOHLIK – DAVR TALABI!

Neft va gaz fakultetida “Diniy ekstremizm va terrorizm: huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Qarshi shahri IIOFMB 2-sonli IIBHQB katta inspektori podpolkovnik N.Radjabova, fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Xolbazarov, professor-o‘qituvchilar hamda talbalar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashilayotgani haqida gapirishdi. Turli aldovlarga uchib, yo‘lidan adashayotgan, diniy ilm egallayman deb, ekstemistik yoki terroristik guruhlarga qo‘shilib qolayotgan yoshlar hamon uchrayotganini afsus bilan ta’kidlashdi.
– Ayrim guruhlar o‘zlarining hokimiyatni egallash, eski tuzumni tiklash va taraqqiyotga to‘siq bo‘lish kabi g‘arazli maqsadlari yo‘lida dindan, hususan, islom dinidan foydalanmoqdalar, – deydi podpolkovnik N.Radjabova. – Bunday chirkin da’vatlarga yoshlarning ergashmasliklarini ta’minlashda Siz talaba-yoshlarning ham o‘rningiz bor. Tengdoshlaridan o‘z bilim salohiyati bilan bir qadam oldinda yurgan Siz yoshlar, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishingiz, o‘rni kelganda, adashganlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilishingiz lozim.
Tadbir ta’sirchanligini ochirish maqsadida “Tafakkur ehtiyoji” filmi namoyish etildi.
Tadbir davomida aytilgan fikr-mulohazalar guruh murabbiylari tomonidan “Axborot va murabbiylik soatlari” davomida talaba-yoshlarga yetkazib borishlari lozimligi, bunday targ‘ibotlar ko‘p o‘tkazilishi dolzarbligi aytildi. Zero, ogohlik – davr talabi!

QarMII matbuot xizmati.