Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“YIL TALABASI-2019” G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Siz ham ular safida bo‘lishingiz mumkin edi

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Yil talabasi” Respublika tanlovining bu yilgi g‘oliblari aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi-2019” Respublika tanlovini tashkil etish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida ham mazkur tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichlari o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 7 ta yo‘nalishda quyidagi talabalar yuqori o‘rinlarga munosib ko‘rildi.

1. “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”:

1-o‘rin, Neft va gaz fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Asila Abdullaeva.

2-o‘rin, Muhandis-texnika fakulteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Maftuna Rajabova.

3-o‘rin, Geologiya va konchilik fakulteti “Foydali qazilma konlari geologiyasi qidiruv razvetkasi” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Kamoliddin Temirov.

2. “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi”:

1-o‘rin, Muhandis-texnika fakulteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Oydinoy Samidjonova.

2-o‘rin, Texnologiya fakulteti “Oziq-ovqat texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Charos Hamdamova.

3-o‘rin, Energetika fakulteti “Issiqlik energetika” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Lobar Temirova.

3. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”:

1-o‘rin, Energetika fakulteti “Issiqlik energetika” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Otamurod Homidjonov.

2-o‘rin, Texnologiya fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Erkinjon Hazratqulov.

3-o‘rin, Geologiya va konchilik fakulteti “Ekologiya va atrof-muhit himoyasi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Nilufar Raxmonova.

4. “Yilning eng faol sportchi talabasi”:

1-o‘rin, Geologiya va konchilik fakulteti “Yer kadastr va yerdan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Akmal Raximov.

2-o‘rin, Muhandis-texnika fakulteti “Transport tizimlari va ularning eksplutatsiyasi” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Javohir Xo‘jamurodov.

3-o‘rin, Texnologiya fakulteti “Oziq-ovqat texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Mirjalol Qosimov.

5. “Yilning eng faol ijodkor talabasi”:

1-o‘rin, Texnologiya fakulteti “Oziq-ovqat texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Shohista Gulboeva.

2-o‘rin, Energetika fakulteti “Elektr energetika” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Ahmad Hamroev.

3-o‘rin, Muhandis-texnika fakulteti “Transport tizimlari va ularning eksplutatsiyasi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Zamira Suyunova.

6. “Yilning eng faol bloger talabasi”:

1-o‘rin, Texnologiya fakulteti “Oziq-ovqat texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Umid Karimov.

2-o‘rin, Energetika fakulteti “Elektr energetika” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Nodirbek Bovmirzaev.

7. “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun):

1-o‘rin, Muhandis-texnika fakulteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Shohsanam Jalilova.

Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar “Yil talabasi-2019” tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etishadi. Ularga institut ma’muriyati ishonch bildirgan holda, omad tilaydi.

QarMII axborot xizmati.