Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“YOSHLAR VATAN XIZMATIDA ROSTGO‘YLIK VA QONUNLARNI HURMAT QILISH TARAFDORI”

Korrupsiya haqida bilmaydigan, uning jamiyat taraqqiyotiga halaqit beruvchi illat ekanligini anglamaydigan odam bo‘lmasa kerak? Bugun butun dunyo korrupsiyaga qarshi kurashayapti. Jumladan, mamlakatimizda ham barcha tarmoqlarda uni ildizi bilan sug‘urib tashlashga qaratilgan “Korrupsiyasiz soha” shiori ostidagi harakatlar allaqachon boshlab yuborilgan. Yoshlar ongida zararli odatlar va korrupsiyaga qarshi imminutitutni hosil qilish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yoshlar Vatan xizmatida rostgo‘ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazilayapti.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalari ham tanlovda ishtirok etish uchun 3 ta nominatsiya bo‘yicha o‘zlarining ijodiy ishlarini topshirishdi. Yangi va mukammal g‘oyaga ega ijodiy ishlar  hakamlar hayati tomonidan quyidagicha baholandi.

1. “Eng yaxshi plakat”:

1-o‘rin, Neft va gaz fakulteti “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talbasi Shohruh Rabbonov.

2-o‘rin, Muhandis-texnika fakulteti “Transport tizimlari va ularning eksplutatsiyasi” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Fazliddin To‘raqulov.

3-o‘rin, Energetika fakulteti “Elektr energetika” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Bekzod Ro‘ziev.

2. “Eng yaxshi surat”:

1-o‘rin, Energetika fakulteti “Elektr energetika” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Farrux Bozorov.

2-o‘rin, Texnologiya fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Madina Safarova.

3-o‘rin, Iqtisodiyot fakulteti “Menijment”ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Muhayyo Qobilova.

3. “Eng yaxshi bayon”:

1-o‘rin, Texnologiya fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Madina Safarova.

2-o‘rin, Geologiya va konchilik fakulteti “Konchilik ishi” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Mamlakat Qayumova.

3-o‘rin, Energetika fakulteti “Muqobil energiya manbalari” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Gulruh Raxmonova.

Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etishadi. Ularga omad tilaymiz.

QarMII axborot xizmati.