Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“SAYLOV VA YOSHLAR”

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2-sonli Talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Saylov va yoshlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.Toshniyazov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi O‘.Abdullaev, “TJA va B” kafedrasi o‘qituvchisi S.Farhodov, 2-sonli talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi U.Rajabov hamda 60 nafar talabalar ishtirok etishdi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 22 dekabr sanasida Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Davra suhbati davomida, bu yilgi saylov jarayonlari qay tartibda o‘tishi, o‘zgarish va yangiliklar haqida gaplashildi.

QarMII axborot xizmati.