Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

MARG‘UBA AVAZOVA – KO‘RIK-TANLOV ISHTIROKCHISI

Joriy yil 28 oktabr – 1 noyabr kunlari Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB – 2019” VIII Milliy kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tdi va haftalik doirasida “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi-2019” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Unda ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan institut axborot-resurs markazi xodimi Marg‘uba Avazova ishtirok etdi va      14 ta OTMlarning ARM xodimlari orasida 6-o‘ringa loyiq topildi.

  • Ko‘rik-tanlovda ilk bor ishtirok etishim edi, albatta, kamchiliklar bo‘ldi, – deydi Marg‘uba Avazova taassurotlar haqida gapirar ekan. –Kitobxonlikni targ‘ib qilish borasidagi takliflarimni sahna ko‘rinishi tarzida hakamlarga havola qildim va u hammaga yoqdi. Qolgan shartlar bo‘yicha xatolarimni o‘zim uchun belgilab oldim va hozirdan kelgusi yilda ishtirok etish hamda unda g‘olib bo‘lish uchun qo‘limda tayyor ssenariy bor.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan.

QarMII axborot xizmati.