Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

REKTOR BO‘LAJAK TEXNOLOGLAR BILAN UCHRASHDI

Joriy yil 5-noyabr’ kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Texnologiya fakulteti “Oziq-ovqat texnologiyasi” yo‘nalishi 4 bosqich talabalari bilan institut Yoshlar markazida  “Rektor va yoshlar uchrashuvi» o‘tkazildi. Uchrashuv davomida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, turli sohalarda qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatning muhim bo‘g‘ini hisoblangan yoshlarning alohida hissasi borligi ta’kidlab o‘tildi. Rektorning  aytishicha, yaqin kunlardan boshlab viloyatimiz hududida faoliyat olib borayotgan xorijiy va mahalliy korxona va tashkilotlardan ish taklif qilib mas’ul xodimlar kela boshlashadi. Ana shu o‘rinda ular tomonidan bo‘lajak kadrlarga qo‘yiladigan talab va shartlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Ertaga yaxshi sharoit va mablag‘li ish o‘rniga ega bo‘lish uchun, o‘z ustida qattiq ishlashlari kerakligini talabalarga yana bir bor eslatib o‘tdi.

QarMII axborot xizmati.