Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

KORRUPSIYA – JINOYAT! va unga jazo muqarrar

Korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Ko‘pchiligimiz korrupsiya deganda, davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritishni tushunamiz. Ammo, davlat amaldorlarigina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi ha m mumkin.

Shu o‘rinda o‘rinda mavzuga doir o‘zim guvoh bo‘lgan voqeani hikoya qilsam. Kunlardan birida shahrimizdagi yo‘nalishli taksilardan biriga chiqdim. Damas rusumli mashinada bir nechta yo‘lovchilar ketib borardik. Biz bilar birga bo‘lgan ikki tanish ayol o‘zaro suhbat boshladi: “dugonajon, o‘g‘lingiz o‘qishga shu yil topshiradi shekilli, qaysi institutga topshirmoqchi?” dedi biri. “Ha, Toshkentga falon institutga topshirdi, bir yo‘la gaplashib ham keldik, ishonchli odamimiz bor, “hammani sakkiz ming dollar bilan gaplashganmiz, sizlar bilan o‘rtamizdagi hurmat-izzat bor har holda, besh ming bilan hal qilamiz” deya javob berdi ikkinchisi. Uning nigohida “ko‘rdinglarmi, uch ming dollarga arzonga hal qilyapmiz”, – degan ma’nodagi maqtanish, qilgan ishidan mamnunlikni ko‘rish mumkin.

Nahotki, shunchalik tushunchasi yetmayaptiki, jamoat transportida, boshqa insonlar orasida bu ayol o‘zining bilimsiz qilib tarbiyalagan bolasini pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘layotganini maqtanib gapirib tursa, u ayolning tarbiyasini olgan farzanddan jamiyat,  xalq,  davlat ertaga nimani kutishi mumkin.            “Buning o‘rniga farzandingizga boshlang‘ich sinflaridanoq e’tibor qaratib, bilim egallashiga yordamlashib, yiqqan pullaringizni bolangiz qo‘shimcha bilim olishi uchun o‘quv markazlariga sarflasangiz bo‘lmaydimi?” degim keldi-yu, o‘zimni tiydim, chunki bu gaplarni gapirishga o‘sha ayol uchun ancha kech edi.

Korrupsiya muammosi dunyo miqyosidagi eng nozik va jiddiy muammo. Lekin, qator mamlakatlarda, jumladan, yurtimizda ham unga qarshi kurashda to‘g‘ri va oqilona siyosat olib borilayapti, keng qamrovli targ‘ibotlar natijasida korrupsiyaga qaqshatqich zarba berilayapti. Natija esa aniq, mamlakat gullab yashnaydi, xalq baxtli hayot kechiradi, inson omili yuksak qadrlanishiga erishiladi.

Menimcha, bugungi kunda joylarda ota-onalar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish, ularga yaqin tarixdagi “o‘qishga kiritib qo‘yish” degan muammoga chek qo‘yilayotgani, pul hech narsani hal etmasligini targ‘ib qilish muhim deb o‘ylayman.

QarMII Energetika fakulteti

talabasi Gulruh Raxmonova.