Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

MAVSUMNI KO‘NGILDAGIDEK O‘TKAZISH BO‘YICHA TAVSIYALAR BERILDI

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida  “Hududgaz Qashqadaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyatining muhandislari va viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan is gazidan  zaharlanishni oldini olishga qaratilgan o‘kuv-seminar tashkil etildi. Seminarda, asosiy e’tibor, gaz tarmoqlaridagi avariyalar xamda  isitish pechlaridan noto‘g‘ri foydalanish, loqaydlik sabab  is gazidan zaharlanish,  gaz va havo aralashmasining chaqnashi holatlari ro‘y berib,  insonlarning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazayotganiga qaratildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida isitish moslamalardan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini  targ‘ib etuvchi videoroliklar xam namoyish etildi.

O‘quv-seminar Talabalar turar joylarida ham bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida talabalarga uy sharoitidagi isitish pechlarining dudbo‘ron va shamollatish kanallarini  o‘z vaqtida tozalab turish, ayniqsa, nosoz, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan gaz jihozlaridan foydalanmaslik bo‘yicha xam aniq ma’lumotlar berildi.

QarMII axborot xizmati