Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

1+1 VA 2+2 QO‘SHMA TA’LIM DASTURI KUCHGA KIRDI

Bugun Rossiya federatsiyasining Belgorod davlat universitetidan bir guruh mehmonlar institutimizga tashrif buyurishdi va bakalavriat hamda magistratura bosqichlarida tahsil oluvchi talabalar, oliygohlarda faoliyat olib boruvchi professor-o‘qituvchilarni almashish bo‘yicha 1+1 va 2+2 qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish yuzasidan ikki tomonlama shartnoma imzolandi.

Belgorod davlat universiteti rektori Oleg Poluxin, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Vladislav Kuchmistыy, universitet qoshida ochilgan Yer tuzish ilmiy tadqiqot instituti direktori Ignat Ignatenko hamda Ta’lim  va o‘quv jarayonini rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Valentina Shevchenkodan iborot delegatsiyani QarMII rektori Nazirila Maxmudov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zafar Botirov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Alibek Eshev hamda bir guruh professor-o‘qituvchilar kutib olishdi. Muzokaralar davomida, qo‘shma ta’lim dasturi doirasida oliygohlarning o‘zaro hamkorligida dunyoning turli davlatlarida chop etilayotgan gazeta va jurnallarda maqolalar e’lon qilish, ilmiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar chop etish masalalari ham muhokama qilindi va shartnomada mazkur masala bo‘yicha alohida bandlar kiritildi.

QarMII axborot xizmati.