Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“BILIM VA ODOB – INSON ZIYNATI”

Talabalar va o‘qituvchini, qolaversa, institut ma’muriyatini bir-biriga yaqinlashtiruvchi, bilim olish va yaxshi kadr yetishtirishdek, bir maqsad yo‘lida yakdil qilishda – murabbiyliy soatlarining o‘rni nihoyatda katta. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida o‘tkaziladigan murabbiylik soatlarida nafaqat guruh murabbiyi, balki institut ma’muriyatining turli tarmoqlaridan mutaxassislar ishtirok etishi odatga aylangan. Zero bunday uchrashuvlar, albatta, talaba ma’naviyatini kengaytirishga, saviyasini oshirishga xizmati qiladi.

Geologiya va konchilik fakultetining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan o‘tgan navbatdagi murabbiylik soatlariga institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Yu.Raxmonova, kafedra mudiri B.Xolboev, psixolog B.Kalonova, matbuot kotibi Z.Nazirova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Jalilov hamda guruh murabbiyi U.To‘raev ishtirok etishdi. “Bilim va odob – inson ziynati” mavzusi atrofida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar bilan erkin muloqot o‘rnatildi, ularning so‘zlari tinglandi.

QarMII axborot xizmati.