Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

GRESIYALIKLARDAN MASTER KLASS

Kecha Gresiyaning G‘arbiy Attika universiteti “Energetika va quyosh energetikasi” kafedrasi professorlari Rompais Yoannis va Natalya Klimenko Rabiya Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga tashrif buyurishdi.

Gresiyalik professorlar institutning “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”, “Issiqlik energetikasi”, “Elektr energetikasi” va “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” kafedralari professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalariga Yevropa Ittifoqi hamda Gresiya oliy ta’lim muassasalariga tahsil olish bo‘yicha master klass, seminar trening darslarini o‘tib berishdi. Institutning mavjud zamon talablariga mos ilmiy va o‘quv laboratoriyalari bilan tanishishdi. 2019-2020 o‘quv yilida   Yevropa Ittifoqi Erazmus+ dasturining Oliy ta’limda salohiyatni oshirish loyihasi doirasidagi xujjatlarni rasmiylashtirish va yangi loyihaga ariza berish bo‘yicha kelishib olishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ko‘plab shartnomalar imzolanmoqda, tajriba almashish borasida kelishuvlarga erishilmoqda.

QarMII axborot xizmati.