Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

SAYLOV – MUHIM SIYoSIY JARAYON!

Texnologiya fakultetining “Oziq-ovqat texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan “Saylov mening taqdirimda” aksiyasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda kafedra mudiri N.Chorshanbiev va “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘.Abdullaev ishtirok etishdi.

–  Cizning birgina ovozingiz ertaga ko‘p narsalarni o‘zgartirishi mumkin, – deydi “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘.Abdullaev. – Shuning uchun ham Siz o‘zingiz ovoz beradigan saylov uchastkasida ko‘rsatilgan nomzodlarning salovoldi dasturi bilan erinmay tanishib chiqing. Bu insonning deputat bo‘lishi uchun ovoz bersam, ertaga menga, mahallamga, qishlog‘imga nima naf, degan savol, sinchkov nigoh bilan saylov jarayonlarida ishtirok eting.

Mavzu atrofida ko‘pgina bahs-munozaralar bo‘ldi. Talabalarning aksariyati bu yil 18 yoshga to‘lgani va ilk bor saylov jarayonlarida ishtirok etayotganliklari uchun ham savollar ko‘p bo‘ldi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ustozlariga murojaat qilishdi.

Ma’lumot o‘rnida. Bu kabi uchrashuvlar institutda juda ko‘p tashkil etilmoqda. Kuni kecha ayni shu fakultetning “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari bilan ham saylov jarayonlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilgandi.

QarMII axborot xizmati.