Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

GIYOHVANDLIK – GLOBAL MUAMMO.

Geologiya va konchilik fakultetining “Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvetka” ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan “Giyohvandlikning zararli oqibatlari va profilaktikasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi va unda viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokori D.Xudoyberdieva, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Jalilov, guruh murabbiylari Q.Usmonova va A.Eshmurodov ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan, viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokori D.Xudoyberdieva giyohvandlik va unga qarshi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib, uning domiga tushib qolganlarning ayanchli qismatidan misollar keltirdi.

  • Giyohvand moddalar nafaqat kishi organlari faoliyatiga jiddiy zarar keltiradi, – deydi shifokor. – Balki uning ruhiyatida ham o‘zgarish va buzilishlar kechishiga olib keladi. Davolanishlar samara bermay yoki bemorning o‘z irodasi yetmay, kasallikka o‘zini to‘la-to‘kis topshirib qo‘yganlarning deyarli barchasi hayvoniy sifatlarga ega, ongsiz mahluqqa aylanadi. Xor-u zorlikda, azab bilan jon beradi. O‘ylab ko‘ring, Sizga shu kerakmi, albatta, yo‘q. Bir martalik ko‘ngilxushlikni deb butun hayotingizni barbot qilmang, yaqinlarigiz yuzini yerga qaratmang.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, murabbiylik soatlarida talabalar bilan giyohvandlik profilaktikasiga bag‘ishlangan suhbatlar tez-tez olib boriladi. Zero, giyohvandlik – globat muammo. Unga qarshi kurashda aslo mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

QarMII axborot xizmati.