Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

INSTITUTDA SO‘ROVNOMA O‘TKAZILDI

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusda – yoshlarning ta’lim tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini munosib tashkil etish vazifalari nazarda tutilgan. Tashabbuslarning eng so‘nggisida xotin-qizlarning bandligi oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar keltirib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiining 2017 yil 22 martdagi “Xalqaro rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Jahon banki kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihasi doirasida texnik mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ta’limni ilgari surish, sanoat korxonalari hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish va oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishda eng maqbul variantlarni aniqlashda OTMga texnik yordam mavzusida ijtimoiy tadqiqot o‘tkazilmoqda.Kecha “Al Mar Consalting” ijtimoiy tadqiqot markazi sotsiologi Zohida Kaldibekova tomonidan taqiqot doirasida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talaba qizlari bilan suhbat hamda so‘rovnoma o‘tkazildi. Suhbat davomida mutaxassis tomonidan ushbu tadqiqotning ahamiyati atroflicha tushuntirildi. Bugun kichik bir madad ortidan oyoqqa turgan loyihalar, ertaga mamlakat rivojida muhim o‘rin tutuvchi biznes faoliyatiga aylanishi mumkinligi uqtirildi va bu borada o‘zinig qiziqishini bildirgan talaba-qizlar ko‘p bo‘ldi.

QarMII axborot xizmati.