Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

KORRUPSIYA – BUTUN DUNYO QARSHI TURGAN ILLAT!

Mamlakatimizda olib borilayotgan “Korrupsiyasiz soha” siyosati haqida gap ketganda, yurtboshimizning “Jamiyatda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qatiy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb aytgan gaplarini eslamaslikning iloji yo‘q. Zero, har qanday qonun va qonun osti hujjatlar ijrosini ta’minlash – eng avvalo, joylarda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari va ularning samaradorligi bilan belgilanadi.

Birgina, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, korrupsiyaga qarshi kurash va u bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘nlab tadbirlar o‘tkazilmoqda. Institut rektorining Neft va gaz fakutetining 4-bosqich talabalari bilan bo‘lgan bugungi davra suhbatida ham ayni shu – korrupsiyaga qarshi kurash masalasida bo‘ldi.

Unda mavzu atrofida rektor tomonidan ko‘plab fikr-mulohazalar bildirildi. Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat sodir etganlar endi yengilgina jazo bilan qutilib qolaolmasligi, bu kurash dunyo miqyosida keng tus olgani uqtirildi.

QarMII axborot xizmati.