Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

TALABALAR XORIJDA O‘QISHADI

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Iqtisodiyot” yo‘nalishi 2 kurs va “Neft va gaz konlarini  ishga tushirish  va ulardan foydalanish” mutaxassisligi magistratura 1 kurs talabalari bilan Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi va “Xalqaro kredit safarbarligi” loyihasi doirasida ingliz tili va mutaxassislik fanlaridan tanlov o‘tkazildi. Unda g‘olib bo‘lganlar Ruminiyaning Brashov Transilvania universiteti va Buxarest politexnika universitetlarida 1 semestr davomida tahsil olishadi.

Bilimlarini sinovdan o‘tkazish va tanlovda ishtirok etish uchun bakalavriatda o‘qiydigan 6 nafar, magistrantlardan 16 nafar talaba qiziqish bildirdi. Oshkora va shaffof o‘tkazilgan sinovlar natijasiga ko‘ra Olimjon Amirqulov va Sohibnazar Omonov eng yuqori ballarni to‘plab, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 2-3 o‘rinni egallagan talabalar keyingi xorijiy grantlar tanlovlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishi kelishib olindi.

Tanlovni “Iqtisodiyot fakulteti dekani I.Raxmanov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A.Eshev, “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri B.Xoliyorov va Magistratura bo‘limi boshlig‘i T.Yorboboev  o‘tkazdi.

 QarMII axborot xizmati.