Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

AMALIYOT – ENG KATTA VA MUHIM TAJRIBA.

Bitiruvchi kursda o‘qiyotgan aksariyat talabalar, diplomni qo‘limga olganimdan keyin, qaerda ishlayman, degan o‘y-fikrda. Oliygohda olingan bilim, biror korxonada ish boshlash uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Ana shuni hisobga olgan institut murabbiylari talabalar bilan ishlab chiqarish va sanoat korxonalariga tez-tez ekskursiya uyushtirishadi. Maqsad – ertaga mutaxassisligi bo‘yicha biror tashkilotda  ish boshlagan talaba, amaliyotda ko‘rganlari va institutda olgan bilimlarini ishga solib, malakali va eng muhimi kerakli kadr bo‘lsin.

Kuni kecha Energetika fakultetining “Issiqlik energetikasi” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari Muborak issiqlik elektr markazi AJga sayohat uyushtirishdi. Talabalar markazdagi zamonaviy issiqlik energetikasi qurilmalari va texnologiyalari, ularning ishlash jarayonlari, xodimlarning vazifalari, ishlab chiqarish hajmi, hududi va boshqa ko‘pgina sohaga aloqador ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Talabalarga guruh murabbiyi H.Alimardonov boshchilik qildi.

Ushbu ekskursiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

QarMII axborot xizmati.