Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“ENG YAXSHI KITOBXON”

Ma’naviyatdan ayro jamiyatda – hech bir qonunning ijrosini ta’minlashga erishib bo‘lmaydi, iqtisodiyot rivojlanmaydi, siyosiy tamoyillar adolatli o‘rnatilmaydi. Umuman, mamlakat rivoji va taraqqiyotiga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun kishilik jamiyatida eng avvalo, ma’naviy ozuqa manbai – kitobxonlikni targ‘ib qilish kerak. Yurtboshimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisi yo‘nalishida ham yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish vazifasi belgilangan va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan ko‘pgina tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan 2-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovini o‘tkazishga start berilgan edi va qatnashish istagini bildirganlarga o‘zbek va jahon adabiyotining yigirmadan ortiq durdona asarlarini mutoala qilish vazifasi topshirilgandi. O‘tgan vaqt mobaynida mazkur tanlovning 3 ta bosqichi o‘tkazildi va ulardan saralanib, qo‘li baland kelgan talabalar bilan kecha final sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Kitobxon talabalarni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.Toshniyazov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi xodimlari L.Qambarov va S.Norqulov, Neft va gaz fakulteti dekan muovini G‘.Sharipov, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini muxanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi F.Ibodullaev va 2-sonli Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi U.Rajabov sinovdan o‘tkazdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2-sonli Talabalar turar joyida Neft va gaz hamda Energetika fakultetlarida tahsil oladigan 114 nafar talaba istiqomat qiladi. Final bahslarining yakuniy natijalarga ko‘ra, Neft va gaz fakultetining 4-kurs talabasi Bobojon Jumaboev 1-o‘rin, 1-kurs talabasi Eldor Ruzimatov 2-o‘rin, Energetika fakultetining 1-kurs talabalari Ruslan Sharipov va Murodjon Yusupov 3-o‘rinlarni egallashdi.

G‘olib va sovrindorlar hakamlar hay’ati tomonidan faxriq yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

QarMII axborot xizmati.