Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“OITS – ASR VABOSI”

Texnologiya fakulteti “Oziq-ovqat texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan 1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan Ma’naviyat va ma’rifat xonasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokori X.Baxrinov va dekan muovini I.Nazarov ishtirok etishdi.

  • Ko‘p aytilaverganidan, kishiga yod bo‘lib ketgan o‘sha “Kasallikni oldini olish, uning davolashdan afzal” iborasini yana aytaman, – deydi viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokori X.Baxrinov. – Buning uchun eng avvalo, sog‘lom turmush tarziga amal qilish lozim. Unutmang, kasallikka qarshi kurash qancha kuchaymasin, uni yuqtirib olish yo‘llari ko‘payib bormoqda. Eng yaxshisi, o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo‘lmang.

Tadbir davomida OITS profilaktikasiga bag‘ishlangan film namoyish etildi.

QarMII axborot xizmati.