Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

QIYMATI 798,695.00 YEVRO BO‘LGAN LOYIHA AMALGA OSHIRILMOQDA

Yevropa Ittifoqining Erasmus+  dasturi doirasida “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” loyihasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti miqyosida ham amalga oshirilmoqda va loyihaga Yevropa Ittifoqidan Gresiyaning Xellenik xalqaro universiteti asosiy kordinotor sanaladi.

Kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi” professor-o‘qituvchilari hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Alibek Eshev umumiy qiymati 798,695.00 yevro bo‘lgan va amal qilish muddati joriy yilning 15 avgustidan 2021 yilning 15 avgustigacha bo‘lgan loyihaning ish rejalari va navbatda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olishdi.

QarMII axborot xizmati.