Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“KORRUPSIYA – MILLIY XAVFSIZLIKKA TAHDID”

Bugun ko‘p gapirilayotgan mavzulardan biri – korrupsiya. Uning jamiyat kelajagi va mamlakat taraqqiyotiga dushman illat ekanligini odamlar to‘liq anglab-yetmagunga qadar bu bo‘yicha hali gapirilaveradi, targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etaveradi.

Texnologiya fakultetining “Oziq-ovqat texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari bilan ham ayni shu – korrupsiya va unga qarshi kurash mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i, mayor N.Nazarov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Nazarov, “Kimyo” kafedrasi mudiri F.Suvonova va kafedra assisenti F.Mamatqulov ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, 2017 yilning 2 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilingan va davra suhbati davomida mazkur qaror bandlarida keltirilgan vazifalar haqida talaba-yoshlarga atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir davomida talabalar bildirilgan fikr-mulohazalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassis va ustozlariga murojaat qilishdi.

QarMII axborot xizmati.