Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASH – BARCHAMIZNING ISHIMIZ!

Neft va gaz fakultetida odam savdosiga qarshi kurash mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida mazkur illat va unga qarshi kurash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, ularning samarasi hamda odam savdosining qurboniga aylanib qolmaslik uchun fuqarolar bilishi lozim bo‘lgan huquq va majburiyatlar haqida gap bordi. Unga viloyat IIB Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘limi xodimi, mayor Asliddin Qurbonov, Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining viloyat bo‘limi rahbari Shahnoza Raupova, dekan muovinlari G‘ulom Sharipov va O‘tkir Bobomurodov, guruh murabbiylari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 2019 yil 9 oktabr kuni o‘tkazilgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining 2-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 17-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi va unda mavzu atrofida ko‘plab fikrlar bildirildi.

QarMII axborot xizmati.