Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

MEHR BIZNI BIRLASHTIRADI!

Bugun Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Mehr ulashaylik” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiyada viloyat Nogironlar, Ko‘zi ojizlar va Karlar jamiyatlari a’zolari va imkoniyati cheklangan bolalar maktablari tarbiyalanuvchilari tomonidan ishlangan hunarmandchilik buyumlari, yumshoq o‘yinchoqlar, turli taqinchoqlar va rossomchilik ishlari sotuvga qo‘yildi.

Tadbirga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzaev, shahar va tuman hokimlari, turli tashkilotlarning rahbar va xodimlari, OTM professor-o‘qituvchilari va OAV xodimlari tashrif buyurishdi. Aksiya o‘z shioriga ko‘ra ish olib bordi. Mehmonlar jamiyat vakillari va imkoniyati cheklangan bolalar maktablari tarbiyalanuvchilarining qo‘l mehnati bilan yaratilgan buyumlardan harid qilishdi, ko‘ngildan chiqargan pul mablag‘larni ehson qutisiga tashlashdi.

  • Bunday tadbirlar faqat bir kun bo‘lmasligi kerak, – deydi viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzaev. – Biz mutasaddilar bilan kelishib oldik, yaqin kunlardan Qarshi shahri miqyosida “Muruvvat burchaklari”ni tashkil qilamiz. Unda aholining foydalanilmaydigan uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechaklari o‘rin oladi. Ehtiyojmand odamlar kelib o‘ziga munosib va kerakli narsalarni o‘sha yerda tanlab olaveradi.

Aksiyada ishtirok etgan sahovatpesha insonlar safida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori, prorektorlari, dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari ham bor va ular bugungi mehr-muruvvat tadbirida munosib ishtirok etishdi.

QarMII axborot xizmati.