Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

OLIMLARIMIZ YANA BIR TANLOVDA G‘OLIB BO‘LISHDI.

Bir muddat oldin, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya Kengashi hamkorlikda Higher education for employability (Ish bilan ta’minlashda oliy ta’limning ahamiyati) dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tanlov e’lon qilgan edi. Uch yil muddatga mo‘ljallangan tanlovda ishtirok etish uchun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutidan ham loyiha taqdim qilingandi va quvonarlisi, respublika miqyosida  munosib deb topilgan 10 ta OTM orasida bizning institutimiz ham bor. Rektor N.Maxmudov, Geologiya va konchilik fakulteti dekani U.Panjiev, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi professori Sh.Muradov va professor-o‘qituvchilar R.Eshonqulov, U.To‘raev, F.Turdieva, D.Qilicheva va J.Mamanov joriy yilning 11–13 dekabr kunlari Toshkent shahrida Buyuk Britaniyalik hamkorlar ishtirokida o‘tkaziladigan ilk seminar-treningda ishtirok etishadi.

QarMII axborot xizmati.