Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

QOZOG‘ISTONLIK DOTSENTLAR BO‘LAJAK MUHANDISLARGA DARS O‘TISHDI

Kecha va bugun M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining dotsentlari Nurlibek Togaev va Usen Usipbaev Muhandis-texnika fakultetining “Yer usti transport tizimlari va ularning eksplutatsiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalariga Mutaxassislikka kirish, Avtomobillar servisi asoslari va Transport umumiy kursi fanlaridan dars o‘tishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi         PQ-2909 Qarorida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida taklif etilgan mehmonlar bilan 2019-2020 o‘quv yilining ikkinchi semestrida talabalar almashinuviga erishish masalasida ham kelishib olindi.

– M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining reytingi  Qozog‘istondagi OTM orasida uchinchi o‘rinda bo‘lsa, dunyo miqyosida kuchli 500 talikdan o‘rin egallagan, – deydi “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi mudiri Sh.Bo‘ronov. – Qozoq hamkasblarimizning oliygoh reytingini ko‘tarish, ta’lim sifatini yanada oshirish masalalaridagi fikrlari bilan tanishdik, o‘zimizning tajribalarimizni bo‘lishdik.

Bundan tashqari, qozog‘istonlik dotsentlar Muhandis-texnika fakultetining moddiy-texnik bazasi, laboratoriyalari, ATM va ARM bilan yaqindan tanishishdi.

QarMII axborot xizmati.