Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

BITIRUVCHILAR 150 DAN ORTIQ KITOB SOVG‘A QILISHDI

Savob ish va yaxshilik qilishning katta-kichigi, erta-kechi bo‘lmaydi. Geologiya va konchilik fakultetining bitiruvchi kurs talabalari ajoyib bir savob ishga qo‘l urishdi – fakultet kutubxonasi fondiga o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari, fanlarni o‘zlashtirishda kerak bo‘ladigan ilmiy qo‘llanmalardan iborat kitoblar jamlanmasini topshirishdi.

  • Bu ishni birinchi bo‘lib, KI-113-16 guruh talabalari va ularning murabbiysi A.Xujaqulov boshlab berdi va ular 30 dona turli nomdagi kitoblardan taqdim qilishgandi, – deydi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Jalilov. – Hafta o‘tgani yo‘q, hayrli ishni barcha 4-kurs talabalari davom ettirishdi va bugungacha taqdim qilingan kitoblar soni 150 dan ortdi. Bilasizmi, kitoblarning soni muhim emas. Muhimi, talbalarning niyati, ko‘ngildan chiqqan gaplari. Ular, bizdan keyin fakultetda o‘qiydigan uka-singillamiz bu kitoblarni o‘qishsin, kutubxonamizdan har bir kitobxon o‘zi istagan kitobini topsin, deyishdi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning har bir bandida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar fakultetda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kuni kecha, bitiruvchi kurs talabalari murabbiylik soatlari doirasida viloyat musiqali darama teatrida bo‘lib, spektakl tomosha qilishdi, “Nasaf” futbol klubiga sayohat uyushtirib. klubning yosh tarbiyalanuvchilari bilan uchrashishdi.

QarMII axborot xizmati.