Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

TALABALAR NASAFIYNI ZIYORAT QILISHDI

Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanida “Moziyni yod etmoq, xayrlidir” deya ta’kidlagan. Chindan, o‘tmishni eslash, unda yashab o‘tgan insonlarning ibratli hayotini o‘rganish, jamiyat ertasi uchun faqatgina foyda keltiradi. Zero, tarixga aylangan ishlar – ibrat va tajriba maktabidir.

Muhandis-texnika fakulteti 2 kurs T-152-18 guruh talabalari va guruh murabbiysi N.Qo‘ziev ham tarixni yod olish, uni eslashdek xayrli ishga qo‘l urishdi. Ular Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida joylashgan Imom Abul Mu’iyn an-Nasafiy ziyoratgohida bo‘lib, u kishining hidoyatli hayot yo‘li haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

QarMII axborot xizmati.