Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

OITS – YO‘LNING OXIRI…

Kasallik haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lish ham unga chalinishning oldini oladi. Dunyoda davosiz, deya tan olingan va oxiri o‘lim bilan yakun topadigan hastaliklar qatorida OITS ham bor. Ming afsuski, uni yuqtirib olish ehtimoli yildan-yilga ortib bormoqda va aholi orasida sog‘lom turmush tarziga amal qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish ishlariga hukumat tomonidan dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Shu maqsadda tibbiyot xodimlari bilan joylarda tushuntirish ishlari, profilaktik tadbirlari olib borilmoqda.

Neft va gaz fakultetida ham ana shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi va unda viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokorlari R.Turdieva va Z.Nikbaeva, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G‘.Sharipov va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda, kasallik va unga chalinmaslik yo‘llari haqida gapirildi.

QarMII axborot xizmati.