Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

SPORT – SALOMATLIK GAROVI!

Qarshi olimpiya zaxiralari kollejida viloyat Maktabgacha va Xalq ta’limi boshqarmalari hamda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qiz xodimlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha “Bosh vazir kubogi”ning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Xotin-qizlar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish, qolaversa, prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan  5 ta muhim tashabbusning ikkinchi bandida nazarda tutilgan – yoshlarning sport turlariga bo‘lgan qiziqishini orttirish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratib berish kabi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan musobaqada Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sharafini himoya qilgan jamoa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jamoa tarkibida institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Yu.Raxmonova, “Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri G.Jumaeva, Devonxona bo‘limi mudiri B.Omonova, Muhandis-texnika fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi D.Abdieva va boshqa professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

QarMII axborot xizmati.