Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

KONSTITUTSIYA HAQIDA INGLIZCHA KUYLASHDI

Energetika fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga 27 yil to‘lishi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchilari O.Halilova va M.Abduraximova rahbarligida tayyorlangan “Elektr energetika” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari tadbir davomida konstitutsiya va uning moddalarini tarannum etuvchi o‘zbek va ingliz tilida yozilgan she’rlardan o‘qishdi, qo‘shiqlar kuylashdi.

Fakultetda boshlangan tadbir 2-sonli Talablar turar joyida davom etdi. Unda ishtirok etgan talabalarning bosh qomusimiz haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Qiziqarli viktorinada ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan talabalarga tadbir tashkilotchilari va tarbiyachi-pedagog U.Rajabov tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.

QarMII axborot xizmati.