Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

SEMINAR-TRENING “KORRUPSIYASIZ SOHA” LOYIHASIGA BAG‘ISHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 maydagi Farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilmoqda.  Mazkur loyiha doirasida joriy yilning 17-21 dekabr kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamkorligida OTMlar boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilari uchun kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kurslari tashkil etildi va unda 90 ta oliy ta’lim muassasasidan 121 nafar trenerlar tayyorlandi. Ular safida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri M.Allanazarov ham ishtirok etdi.

M.Allanazarov institutdagi barcha fakultetlar kesimida professor-o‘qituvchilar bilan boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilari uchun kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha seminar-treninglar olib bormoqda.

Seminar-treninglar davomida oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashni takomillashtirish va “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning mazmun-mohiyati, oliy ta’lim sohasida korrupsiya xavf-hatarlarini aniqlash va baholash masalalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

QarMII axborot xizmati.