Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

O‘QUVCHILAR INSTITUT BILAN TANISHISHDI

Hokim va yoshlar uchrashuvi doirasida Qarshi shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11 sinflarida tahsil oluvchi 50 nafar o‘quvchi-yoshlar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga tashrif buyurib, fukultetlar, ta’lim yo‘nalishlari va boshqalar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishdi. O‘quv auditoriyalari, axborot texnologiyalari va resurs markazlarida bo‘lishdi.

  • Bu sayohatdan keyin, o‘quvchilarning ko‘pchiligida institutga kirish ishtiyoqi paydo bo‘ldi, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassisi Gulnora Tursunova. – Buni ularning, institutdagi ta’lim yo‘nalishlari va ularga kirish uchun qaysi fanlarni o‘zlashtirish lozimligi haqidagi bergan savollarining ko‘pligidan ham bilish mumkin.

QarMII axborot xizmati.