Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“VATANPARVARLIK” MARAFONI DO‘STONA RUHDA O‘TDI

Bugun Qashqadaryo yoshlari yana bir muhim tadbir munosabati bilan uchrashishdi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan viloyat hokimligi, jismoniy tarbiya sport boshqarmasi hamda bir nechta mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Vatanparvarlik” marafoni hamda bahodirlar o‘yini dasturi doirasida o‘tkazilgan tosh ko‘tarish musobaqalarida ishtirok etishdi.Qarshi shahrida joylashgan viloyat prokuraturasi binosi hamda viloyat musiqali drama teatri binosigacha bo‘lgan hududda o‘tkazilgan musobaqada umumiy o‘rta ta’lim maktablari, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan olti ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Ular safida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sportsevar talaba-yoshlari ham bor. “Vatanparvarlik” marafonining yakuniy natijalariga ko‘ra iqtisodiyot fakulteti talabasi Malika Vohidova kuchli to‘rtlikdan o‘rin egalladi.

QarMII axborot xizmati.