Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

YIG‘ILISHDA GRANTLARNI JALB QILISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Prezidentimiznig 2019 yil 10 oktabrdagi “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan mamlakatimizda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilash, shu maqsadda grantlar, texnik ko‘mak va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar bilan aloqalarni rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.  

Biroz avval, ya’ni, o‘tgan yilning 25 dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev huzurida o‘tkazilgan “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari (grantlar)ni faol jalb etish, ulardan samarali foydalanish va bu borada vazirliklar, idoralar va xo‘jaliklar birlashmalarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi yig‘ilishda mavzu yuzasidan dolzarb masalalar, kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar muhokama qilingan edi.

Mazkur yig‘ilishning mantiqiy davomi sifatida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida davra suhbati tashkil etildi. Unda rektor N.Maxmudov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Botirov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A.Eshev, professor-o‘qituvchilar hamda 35 nafar iqtidorli talabalar ishtirok tishdi. So‘zga chiqqan rektor, o‘z ma’ruzasi davomida beg‘araz yordam hisobiga xorijiy mutaxassislar va volontyorlarni jalb etish ko‘lamini kengaytirish, ular bilan doimiy muloqot olib borib, bu borada respublikamizdagi nufuzli oliygohlar tajribasidan foydalanish muhimligini ta’kidlab o‘tdi va yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha institut miqyosida tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

QarMII axborot xizmati.