Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI

Bugun Geologiya va konchilik fakultetida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ko‘plab tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etildi. Barcha ta’lim yo‘nalishlarining 4-bosqich talabalari bilan o‘tkazilgan davra suhbatiga iste’fodagi ofitser, mayor Azamat Shukurov tashrif buyurdi va u talabalarga o‘z xizmat faoliyatidagi o‘rnak bo‘larli, esda qolarli voqealardan hikoya qilib berdi, milliy armiyamiz, uning tashkil etilishi va bugungi kundagi sharoitlar haqida gapirdi. Vatan muqaddasligi, uni asrab-avaylash har bir o‘zbek o‘g‘lonining burchi ekanligini uqtirdi.

  • Armiyamiz jahon harbiy qurilishining eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan, unda mintaqamizda ro‘y berish ehtimoli mavjud bo‘lgan harbiy harakatlar va jangovar amaliyotlar ham har tomonlama e’tiborga olingan, – deydi mayor Azamat Shukurov. – Harbiy o‘quv yurtlarimizdagi ta’lim tizimi, mustaqillikkacha bo‘lgan davrga nisbatan tubdan o‘zgargan. Ularda bo‘lg‘usi ofisserlarni tayyorlash va tarbiyalash hozirgi zamon talablariga to‘la mos keladigan, prinsipial jihatdan mutlaqo yangi bo‘lgan o‘quv-texnik, ma’naviy-ahloqiy asosda yo‘lga qo‘yilgan.

Davra suhbati vatanparvarlik ruhida o‘tdi, kelajakda harbiy sohada faoliyat olib borish istagida bo‘lgan talaba yigitlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va albatta, munosib javob olishdi.

QarMII axborot xizmati.