Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

BIRINCHI O‘RINDA MUHANDIS-TEXNIKA FAKULTETI

Avval xabar berganimizdek, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sportning futbol, voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.

Musobaqalarning voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvlarida barcha fakultetlardan va institut hamda Bellorus milliy texnika universiteti hamkorligida, 2+2 qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha 3 ta ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar ishtirok etishdi. Jamoalar 2 guruhga bo‘lingan holda maydonga tushdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan kurashlarda Muhandis-texnika fakulteti talabalari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ikkinchi o‘rinda Texnologiya fakulteti talabalari bo‘lgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda Belarus milliy texnika universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi  bo‘yicha tuzilgan guruhlarda tahsil oluvchi talabalar qo‘lga kiritishdi.

QarMIIaxborotxizmati.