Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSIB NISHONLANDI

Bugun Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy parad va bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda viloyat hokimi Z.Mirzaev, viloyatdagi davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, o‘quvchilar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 3000 nafarga yaqin talabalari va professor-o‘qituvchilari jarayonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishdi. Vatan ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlar xotirasi yodga olindi. Tinch va osoyishta kunlarimizga shukronalik ma’nosida Motamsaro ona haykali poyiga guljambar qo‘yildi.

QarMII axborot xizmati.