Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

INTERNET – UNDAN FOYDALANISHDA ME’YOR MUHIM

Bugungi kunda aksariyat yuridik shaxslar (shu jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ham) o‘z hududlarida internetga ulanishning eng qulay turi Wi-Fi tarmoqdan foydalanadilar. Wi-Fi tarmoqda murakkab algoritmik matematik modellari autentifikatsiyasi, ma’lumotlarni shirflash, ularni to‘laqonli uzatishni nazorat qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarining o‘g‘irlanishidan xavotir olmasalar ham bo‘lardi, ammo, simsiz tarmoq sozlanishiga jiddiy e’tibor berilmasa trafikni o‘g‘irlash, tarmoq orqali uzatiladigan axborotni buzish, qalbaki kirish nuqtasini o‘rnatish kabi huquqbuzarliklar sodir etilishiga eshik ochiladi.

Shu va boshqalar haqida 1-sonli talabalar turar joyida Axborot xavfsizligi oyligi doirasida tashkil etilgan davra suhbatida aytib o‘tildi. Unda 1-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba qizlar va tarbiyachi-pedagog I.Gapparova, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari B.Ahmedova, X.Qahramonova, F.Norqobilova va H.Xoliyorova ishtirok etishdi.

  • Internet – cheksiz imkoniyatlar manbai, bugun usiz hech bir soha faoliyati va taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi, – deydi  B.Ahmedova. – Lekin, har narsada bo‘lgani kabi undan ham foydalanishda me’yor muhim va qonunchilikda belgilangan qoidalarga amal qilish kerak.

Davra suhbati davomida talabalarga Axborot xavfsizligi oyligiga bag‘ishlangan slayd namoyish etildi.

QarMII axborot xizmati.