Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“MENING ARMIYAM – MENING FAXRIM!”

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Mening armiyam – mening faxrim!” mavzusi insholar tanlovi o‘tkazildi va tanlovda barcha fakultetlardan 60 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligini 28 yillik bayrami, milliy armiyamizning jahonda tutgan o‘rni, quch-qudrati va harbiy salohiyati haqidagi bilimlarini qog‘ozga tushirishdi.

Aytish joizki, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha guruhlarda “Milliy armiyamiz – sadoqat, jasorat, matonat maktabidir”, “Vatanni himoya qilish – sharafli burch”, “Armiya – tinchlik va osoyishtalik ramzi”, “Qurolli kuchlar buyuk kelajak kafolati”, “Milliy armiyam bayrami – mening bayramim” kabi mavzularda davra suhbatlari tashkil etilgan va ularda harbiy xizmatchilar hamda iste’fodagi ofiserlar tashrif buyurib, armiyamiz haqida atroflicha ma’lumotlar berishgan. Bu ma’lumotlar albatta, talabalarning tasavvuri boyishiga katta xizmat qildi.

QarMII axborot xizmati.