Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

MUDOFAA – TINCHLIK VA FAROVONLIKNI TA’MINLAYDI

Muhandis-texnika fakultetida ham 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkazildi. Ularda istefodagi mayor A.Shukurov ishtirok etib, talaba-yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kuch-qudrati, harbiy salohiyati haqida gapirib berdi.

  • Har qanday davlatning mustaqilligini birinchi navbatda uning o‘z armiyasi himoya qilishi kerak, – deydi A.Shukurov. – Shu boisdan ham Vatanimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, ya’ni, 1991 yil 6 sentabrda O‘zbekiston Mudofa ishlari vazirligi tashkil etildi. 1992 yil 14 yanvar kuni esa mamlakat hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalarni O‘zbekiston yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bulardan ko‘zlangan eng buyuk va ulug‘ maqsad – O‘zbekiston mudofaasini, Vatan himoyasi, yurt tinchligi, xalq hayotining farovonligini ta’minlashni tashkil etishdir.

QarMII axborot xizmati.