Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Rektor va yoshlar uchrashuvi: BARCHASI HAQIDA OSHKORA GAPLASHILDI

Bugun Neft va gaz fakulteti “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan rektor Nazirila Maxmudov uchrashdi. Do‘stona ruhda davom etgan davra suhbatida rektor talabalarga institutda o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalar, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. 2019-2020 o‘quv yilining birinchi semestrini a’lo baholar bilan tugallashda barcha talabalarga omad tiladi.

  • Vaqt to‘xtamaydi, bugun talabalikning dastlabki olti oyi ortda qolgan bo‘lsa, ko‘z ochib-yumguncha, to‘rt yil o‘tib ketadi, – deydi rektor. – Bu o‘tayotgan vaqt mobaynida Sizda faqat va faqat bilim va tajriba qoladi. Ana shu bilim va tajriba ertaga mutaxassislik bo‘yicha ish boshlash mumkin bo‘lgan har qanday korxona yoki tashkilotda o‘z o‘riningizni topishingizda kofolat bo‘ladi. Demak, vaqtdan to‘g‘ri foydalaning, izlanishdan to‘htamang.

O‘z navbatida, talabalar ham o‘z tassurotlari, fakultetdagi sharoitlar, yuzaga kelayotgan muammolar haqida rektorga ochiq-oydin gapirib berishdi. Uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘ldi.

QarMII axborot xizmati.