Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“VATANNI HIMOYA QILISH – SHARAFLI, OLIJANOB VA MASULIYATLI ISH”

Kecha Neft va gaz fakultetida “Vatanni himoya qilish – sharafli, olijanob va masuliyatli ish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish”  ta’lim yo‘nalishi 122-19 guruh talabalari, iste’fodagi polkovnik U.Rajabov, guruh rahbari M.Qurbonov ishtirok etishdi.

  • Global Firepower tahlil kompaniyasining 2018 yilda o‘tkazgan “Eng kuchli armiya” (2018 Military Strength Ranking) reytingida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari jahonning 136 ta armiyasi orasida 39-pog‘onani egallagan, – deydi U.Rajabov o‘z ma’ruzasida. – Tanlovda armiyalarning kuchi va salohiyati 50 ta shartlar asosida baholangan. Ayni shu tanlovning bir yil avvalgi natijalarida mamlakatimiz armiyasi 48-o‘rinda bo‘lgan. Bu nimani anglatadi? Bilingki, armiyamizning qudrati yildan-yilga ortib bormoqda va bu qudrat osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz tinch bo‘lishining kafolatidir.

Davra suhbati davomida iste’fodagi polkovnik U.Rajabov o‘zining harbiy sohadagi faoliyati, tajribalari va kasbi bilan bog‘liq qiziqarli vaqealardan talabalarga gapirib berdi. Do‘stona ruh va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini  qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi.

QarMII axborot xizmati.