Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

RESPUBLIKA TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va “Ixtirochi ayol” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Botirov, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Yu.Raxmonova, viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Mustafoeva, viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan prfessor-o‘qituvchilar, yosh olimalar va talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Tanlovda yigirma nafarga yaqin xotin-qizlar o‘zlarining biznes loyihalari, innovatsion ixtirolari bilan qatnashib, loyihalar slayd ko‘rinishida hakamlarga namoyish etildi. O‘zgacha yondashuv va yangi g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan loyihalar 10 nominatsiya asosida taqdirlandi.

QarMII axborot xizmati.