Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

AXBOROT OLISH MADANIYATI – BARCHADA SHAKLLANISHI SHART BO‘LGAN MASALA

Joriy yilning 17 yanvarida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Axborot xavfsizligini ta’minlash – global muammo” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Azamat Xayriddinov, Qarshi shahar prokurorining katta yordamchisi, III darajali yurist Javohir Rahmatov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Chorshanbi Raxmonov, institut professor-o‘qituvchilari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ch.Raxmonov mavzu yuzasidan quyidagilarni aytib o‘tdi.

Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan zamonda yashamoqdamiz. Mutaxassislar bu tezkor davrni “ommaviy axborotlashuv” yoxud “globallashuv asri” deb atashmoqda. Boisi yer yuzining qaysidir bir chekkasida yuz bergan voqeadan bir necha soniya ichida butun dunyo ahli xabar topmoqda. Bu esa shubhasiz matbuot va ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli nechog‘li oshib borayotganidan dalolat beradi. Shu jihatdan aytganda, har qanday matbuot jamiyatda yuz berayotgan voqea – hodisalar, o‘zgarishlar, yangilanishlarni to‘laligicha, xolis va haqqoniy aks ettirmog‘i kerak.

Qarshi shahar prokurorining katta yordamchisi J.Rahmatov o‘z ma’ruzasida globallashuv jarayoni avj olgani sari odamlarning axborot olish, tarqatish va qabul qilishga bo‘lgan talab va ehtiyojlari tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonda ham internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin o‘sib bormoqda. Ularning aksariyati yoshlar ekanini hisobga olsak, bu holat barchamizni yanada ogoh va sergak bo‘lishga undaydi. Yurtimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilib, xalqimizni, ayniqsa yoshlarimizni nosog‘lom axborotlardan himoyalash bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinganini aniq misollar bilan tushuntirib berdi.

Tadbir savol-javoblarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq javoblar olishdi.

 QarMII axborot xizmati.